Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Sirdaryoda ikki shaxs fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Irrigatsiya institutining Qarshi filialini tugatganlik to‘g‘risida diplom olib berishiga ishontirgan. Buxoroda ham turizm va madaniy meros texnikumiga o‘qishga kiritish evaziga fuqarolardan pul olgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Zangiota tuman hokimligi xodimi ikki fuqaroni Qirg‘izistonda o‘qiyotgani haqidagi soxta hujjat tayyorlab, keyin o‘qishini poytaxtdagi OTMga ko‘chirib berishiga ishontirgani aytilmoqda. DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi 18 ming dollarni olganida ushlandi. Shunga o‘xshash yana ikki holat aniqlandi.
Sirdaryoning Sardoba tumanida fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida $10 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Buxoroda esa ikki fuqaroning tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritish maqsadida $400 olgani aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Andijonda ikki fuqaroni Andijon davlat universitetiga tanishlari orqali kiritib qo‘yish evaziga 11 ming dollarni olganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga tushdi. Bag‘dodda esa fuqaroni 500 dollar evaziga Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxs ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ikki nafar abituriyentni Qarshi davlat universitetiga 10 ming dollar evaziga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushbu pullarni olganida qo‘lga tushdi. Surxondaryoda esa Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari 5 mln so‘m evaziga o‘qishga qabul qilishini aytib, 100 dollar olganida ushlandi.
Departament va DXX xodimlari 4200 va 7000 dollar evaziga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan agrar agrar universiteti sport murabbiyi va jismoniy tarbiya universiteti stajyor-o‘qituvchisini qo‘lga oldi.
Toshkentda Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi ikki fuqarodan ushbu OTM yoki ToshDPUga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, 6000 dollar olayotganda ushlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting